"Barselona"ning sobiq prezidenti Neymar xaridi bilan bog'liq ish sabab 5 yil muddatga qamalishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 134

Sobiq "Barselona" prezidenti Sandro Rosell Neymar transferi sabab besh yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, Rosell 2013 yilda Neymar transferi borasida Braziliyaning "Santos" klubi bilan kelishuvga erishgan.
Unda futbolchi narxi 57,1 million evro bo'lishi ko'zda tutilgan edi. Neymarning asl narxi esa 86,2 million evroni tashkil qilgan. Bunda 40 million evrodan ortiq mablag'lar Neymarning otasi egalik qiladigan kompaniyaga o'tkazib berilgan. Bu ishi uchun sobiq prezidentga besh yilgacha qamoq jazosi belgilanishi aytilgan.
Sandro Rosell 2010 yilning iyul oyidan 2014 yilning yanvariga qadar "Barsa" rahbari lavozimida ishlagan. Neymar ishi yakunlangach esa, iste'foga chiqqan.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
204