Reshford "Atalanta"ga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushiriladimi? Sulsher javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 153

"MYu" bosh murabbiyi Ole-Gunar Sulsher klub hujumchisi Markus Reshfordning "Atalanta"ga qarshi maydonga tushish imkoniyatlari haqida gapirdi. U bu haqda shunday deydi:
"U juda qattiq mehnat qilmoqda. Buni e'tirof etish joiz. Markus maydonga to'laqonli qaytishni niyat qilgan. U balki 90 daqiqalik to'liq uchrashuvga hali tayyor emas. Chunki u uzoq muddat maydonda bo'lmadi. Shunday bo'lsa ham u kuchli va g'ayratli ko'rinadi. Bizda juda yaxshi jamoa bor. Rotatsya esa o'yinda juda muhim".
Mankunyanliklar bugun tunda "Atalanta"ni o'z maydonida qabul qiladi. Ular guruhda uch ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
486