OFK Kubogi. "Nasaf" o'z tarixida ikkinchi bor finalga yo'l oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 150

OFK Kubogining dastlabki yarim final o'yini yakunlandi.
Qarshidagi "Markaziy" stadionda kechgan "Nasaf" va Gongkongning "Li Man" jamoalari o'rtasidagi o'yin tengma-teng kurashlar ostida kechdi. Dastlab, uchrashuvning 4-daqiqasida mezbonlarning burchakdan uzatgan to'pi "Li Man" himoyachisi Resioga tegib darvoza to'riga borib tushgan bo'lsa, 26-daqiqada Husayn Norchaev hisobni ishonchli ko'rinishga keltirdi - 2:0. Ikkinchi bo'limni kutilmaganda mehmonlar anchagina faol tarzda boshlashdi. Dastavval Gil 46-daqiqada hisobni qisqartirgan bo'lsa, yana huddi o'sha futbolchining faolligi evaziga "Li Man" vakillari penalti tepish huquqiga ega bo'lishadi. Bu imkoniyatdan klubning boshqa bir legioneri Xose unumli foydalanib hisobni tenglashtiradi - 2:2. Jamoalar shu tarzda o'yinning asosiy vaqtini yakunlashadi. Ekstra-taymlarning birinchisi yakunlanishiga bir necha daqiqa vaqt qolganda "ajdarlar"ning zahiradan maydonga tushgan hujumchisi Klauderovich gol uradi. Hisob o'yin yakunigacha o'zgarmaydi. Bu g'alaba bilan qarshiliklar o'z tarixdagi 2-finalga yo'llanmani qo'lga kiritishdi. Final 5-noyabr kuni o'tkazilishi ko'zda tutilgan.
OFK Kubogi
Yarim Final
Stadion: "Markaziy" (Qarshi)
"Nasaf" - "Li Man" - 3:2 (2:0,0:2,1:0,0:0)
Gollar: Resio 4 (1:0), Norchaev 26 (2:0), Gil 46 (2:1), Xose 64 (penalti) (2:2), Klauderovich 105+1 (3:2).
"Nasaf" - Umidjon Ergashev, Husniddin Aliqulov, Dilshod Saitov, Bahrom Abdurahimov, Husayn Norchaev, Suhrob Nurulloev, Akmal Mozgovoy, Sherzod Nasrullaev, Oybek Bozorov, Marko Stanoevich, Umarbek Eshmurodov
"Li Man" - Yuen Ho Chun (S), Fernando Resio Komi, Tsui Wang Kit, Yu Vai Lim, Jonatan Akosta, Diego Eli Moreira, Jose Angel Martin, Ngan Lok Fung, Vong Chun Ho, Givanilton Ferreira, Kim Seung Yong

Bosh sahifaga
479