Lorentening jarohati yangilandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 144

«Atletiko» yarimhimoyachisi Markos Lorente Chempionlar ligasining 3-turida «Liverpul»ga qarshi o'yinda (2:3) jarohat oldi.
Futbolchining o'ng oyog'idagi jarohati yana qaytalangan. Bu haqda «matraschilar»ning Tvitterdagi rasmiy sahifasida xabar berilmoqda.
Shu tariqa, ispaniyalik futbolchi 24 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan «Real Sosedad»ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi so'roq ostida turibdi.
Umuman olganda, 26 yoshli Markos joriy mavsum barcha turnirlar doirasida 11 ta o'yinda gol urmagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
451