O'zil va jamoadoshi APLga ravona bo'lishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 135

"Nyukasl" "Fenerbaxche" yarim himoyachisi Mesut O'zilni sotib olishga qiziqmoqda, deya xabar beradi jurnalist Ekrem Konur.
Manbaning xabariga ko'ra, 33 yoshli nemis va uning jamoadoshi, darvozabon Altay Bayiindir ingliz klubi transferlar ro'yxatidan joy olgan.
2021/22 yilgi mavsumda O'zil "Fenerbaxche" safida 10 ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1 golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt.com portali futbolchining qiymatini 3,8 million evroga baholamoqda.
23 yoshli Bayiindir esa joriy mavsum turk jamoasi safida 13 o'yin o'tkazdi va 15 gol qo'yib yubordi va 4 quruq uchrashuv o'tkazdi. Transfermarkt.com portali futbolchining qiymatini 16 million evroga baholamoqda.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
207