Lukakuning jarohat tafsilotlari ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1301
“Manchester Yunayted” hujumchisi Romelu Lukakuning jarohat tafsilotlari ma'lum bo'ldi.
The Sun nashrining xabar berishicha, 25 yoshli futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tgandan so'ng, uning to'pig'ida muammolar borligi aniqlandi. Ushbu jarohatdan forig' bo'lishga kamida 2-3 hafta ketadi.
Shu tariqa, Lukaku Angliya kubogi doirasida aniq “Vulverxempton”ga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuvni o'tkazib yuboradi. Shuningdek, u Belgiya terma jamoasining yig'iniga jalb etilmadi.
Ma'lumot o'rnida, 25 yoshli futbolchi joriy mavsum 38 ta o'yinda maydonga tushib 15 ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!