Aguero nima uchun 10-raqamni olmaganini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 134

Yozda "Barselona" bilan shartnoma imzolagan Serxio Aguero nima uchun 10-raqamni olmaganiga oydinlik kiritdi. Lionel Messi jamoani tark etgach, ushbu raqam bo'shagandi. Ammo argentinalik futbolchi 19-raqamni olishga qaror qildi.
"Yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida 19-raqamda o'ynagandim. Keyinchalik milliy jamoada ham ushbu raqamni olgandim. O'ninchi raqam esa ko'proq Ansu Fatiga mos keladi. U yosh va iqtidorli. "Barselona"ga uning yordami ko'p tegadi", - dedi Aguero.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
242