«Barselona» Aleksandr Isak nomzodini ko'rib chiqadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 151

Todofichajes nashri xabariga ko'ra, Aleksandr Isak hozirda «Barselona» xarid qilmoqchi bo'lgan futbolchilar ro'yxatida birinchi o'rinda turadi. Yaqinda klub Erling Xoland nomzodini rad etdi, lekin tezda «Real Sosedad» hujumchisi Aleksandr Isak nomzodini ko'rib chiqadi.
Klub iqtisodiyoti juda zaif bo'lib qolmoqda, shuning uchun kataloniyaliklar hozircha yulduz futbolchilar sotib olmaydi. Shu sababli, shved varianti klub uchun qulay.
Futbolchi San-Sebastyanda bir necha mavsumni yuqori saviyada o'tkazganidan so'ng, Evropaning top-klubiga o'tishni istamoqda va «Barselona» u uchun ideal variant.
Isakning bozor qiymati 40 million evroni tashkil qiladi va «Real Sosedad» unga beradigan bu summa «Barselona» uchun ham ma'qul keladi. Kataloniyaliklar allaqachon futbolchining agenti bilan bog'lanishgan.

Bosh sahifaga
334