Lam nima uchun JChni har 2 yilda o'tkazish kerakmasligini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139

«Bavariya» sobiq himoyachisi Filipp Lam Jahon chempionatini har ikki yilda o'tkazish g'oyasi haqida gapirdi. Uning fikricha, turnirning tez-tez o'tkazilishi uning ahamiyatini pasaytiradi.
«Jahon chempionatining ttsiklini qisqartirish futbolda pul asosiy narsa, degan taassurot qoldiradi. Katta sport musobaqalari sabr-toqat va vaqtni talab qiladi. Bu ularning barqarorligi uchun juda muhimdir.
Katta turnirlar bizning xotiramizda abadiy qoladi. Ular ko'plab biografiyalarni shakllantiradi.
2014 yildan 2018 yilgacha Germaniya dunyoda birinchi o'rinda edi. Ttsiklni tezlashtirish ko'plab tajribalar va xotiralarni ahamiyatsiz qiladi. Har yili o'tkaziladigan turnir sizning telefoningizdagi qo'shimcha ijtimoiy tarmoqlar tasmasiga o'xshaydi», dedi Lam.

Bosh sahifaga
265