«Atletiko» Suaresga o'rinbosar topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 176

Madridning «Atletiko» klubi Luis Suares o'rniga o'rinbosar qidirmoqda.
«Osasuna»ning argentinalik markaziy hujumchisi Cimi Avila «matraschilar» bosh murabbiyi Diego Simeonening kelasi mavsum rejalariga kiritilgan. Argentinalik mutaxassisning fikricha, Avila uslubi bo'yicha Agueroga o'xshaydi. «Atletiko» Luis Suares bilan qachondir xayrlashishi muqarrarligini tushunadi, shuning uchun murabbiylar shtabi uchun Cimi ajoyib variant, deb yozadi Todofichajes nashri.
Madrid klubi futbolchini 20 million evro yoki undan ham kamroqqa sotib olishi mumkin.
«Selta» bir necha oy oldin futbolchiga qiziqish bildirgandi, ammo argentinalik faqtagina La Liganing kuchli jamoalaridan taklif tushsagina, «Osasuna»ni tark etishini bildirgan.

Bosh sahifaga
187