"Manchester Siti" Sterling uchun qancha so'rayotgani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 143

"Manchester Siti" vingeri Rahim Sterling "Barselona"ning qishdagi asosiy transfer maqsadi bo'lib turibdi.
Biroq, "ko'k-anorranglilar" bu kelishuvni amalga oshirish juda qiyin bo'ladi deb hisoblamoqda, bu haqida Ispaniyaning "Marca"nashri xabar berdi.
Bu muammo "shaharliklar"ning qo'yayotgan yuqori talablari bilan bog'liq - ingliz klubi transfer uchun kataloniyaliklardan 80 million evro (taxminan 68 million funt) olmoqchi.
Avvalroq, "Barselona" futbolchini qishda, sotib olish sharti bilan ijaraga olishga urinishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqan edi.
Manba: Sports.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
460