«Nyukasl»ga «keraksizga chiqqan» futbolchilar kerak!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 240

Quyida e'tiboringizga yangi xo'jayinlarga ega bo'lgan «Nyukasl»ning qishki transferlar oynasida amalga oshirishi mumkin bo'lgan taxminiy xaridlarini havola etamiz.
Felipe Koutino («Barselona»)
Balki ushbu xarid «Siti» Rabino bilan shartnoma imzolagani kabi bir xil darajadagi transfer maqomida bo'lar. Rabino singari Felipe ham texnik jihatdan kuchli futbolchi. Biroq mos ravishda vatandoshi singari Koutino ham muvaffaqiyatli kelajakka kafolat bermasligi mumkin, chunki uning formasi anchadan beri yomon ko'rinishda.
«Barselona» esa moliyaviy ahvolini hisobga olgan holda yuqori maosh oluvchi futbolchilarini sotishdan manfaatdor. Shuning uchun Koutino qishda klub qarorgohini tark etishi mumkin. Shuni unutmasligimiz kerakki, APLda braziliyalik futbolchi ilgari o'zining eng yaxshi davrlarini o'tkazgan. Bu erlar unga begona emas. Biroq, Felipeda endi avvalgidek o'ziga bo'lgan ishonch qolmagan va uning atrofida yangi jamoa tuzadigan futbolchilar bo'lmasligi mumkin.
Frank Kessi («Milan»)
«Milan» asta-sekin kuchayib bormoqda va bunda Frank Kessining xizmatlari katta. Biroq, yarimhimoyachining kelajagi haqida hozircha turli taxminlar yangramoqda. Ivuarlik futbolchi «rossonerilar» bilan yangi shartnoma imzolashga hozircha shoshilmayapti.
Kessi «Nyukasl Yunayted» yarimhimoyasini ancha kuchaytirishi mumkin. Mutaxassislar Frank boshchiligida «qarg'alar»ni Chempionlar Ligasi darajasidagi klubga aylanishiga ishonmoqda. Koutinodan farqli o'laroq, bu sof kelajak uchun xarid sifatida baholangan.
Lautaro Martines («Inter»)
«Nyukasl»ning yanvar oyidagi shov-shuvli xaridlaridan biri bu Lautaro Martines hisoblanadi. A Seriyaning eng yaxshi hujumchilaridan biri hisoblangan argentinalik «Inter» bilan yangi shartnoma borasida qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Uning kelajagi haqidagi mish-mishlar uzoq vaqtdan beri tarqalib kelgan.
Martinesni avvalroq «Barselona» va «Manchester Siti» bilan bog'lashar edi. Har qalay ushbu xabarlar yuqori darajada muhokama qilindi. Katta ehtimol bilan u Chempionlar Ligasi saviyasidan tashqaridagi jamoaga o'tmaydi. Ammo agar «Nyukasl» uni kuchli jamoa kelajagiga hamda yuz foizlik o'yin amaliyoti bilan ishontira olsa, ushbu transferning yuzaga kelish ehtimollar yuqori bo'la boshlaydi.
Aaron Remzi («Yuventus»)
«Yuventus» «Nyukasl»ning yangi xo'jayinlariga o'z futbolchisining xizmatlarini taklif etadi. Aaron Remzining APLga ko'chib o'tishi mumkinligi haqida xabarlarga ko'zingiz tushgan bo'lsa kerak. Uelslik yarimhimoyachi Turinda o'z o'rnini topishga qiynalmoqda. U jamoa asosiy tarkibidan joy olishga qo'lidan kelganicha harakat qilyapti. Biroq buning foydasi bo'lmayapti. Yaqinda uni yana Premer-ligada ko'rishimiz mumkin.
Remzi «Nyukasl» yarimhimoya zonasini ancha kuchaytirish qobiliyatiga ega va markaz orqali hujumlar oldidan yangi imkoniyatlar yarata oladi. U allaqachon Premer-ligada o'zini namoyon etib ulgurgan. Italiyadagi muvaffaqiyatsiz mavsumlardan keyin unda isbotlaydigan narsalar ko'p. Uni tez-tez sodir bo'ladigan jarohatlar qiynashi mumkin. Biroq iste'dodi yo'q bo'lib ketmaydi.
Donni van de Bek («MYu»)
Van de Bek «Ayaks»dan ketgach, Manchesterda o'z o'rniga muqim tarzda ega emas. «Nyukasl»ning yangi skautlari shu kabi iste'dodli, biroq o'yin amaliyoti kamroq o'yinchilarni diqqat bilan kuzatmoqda, yosh futbolchilarga umidli kelajak taklif qilinyapti. 24 yoshli van de Bek o'z faoliyatini boshlaganidagidek shiddatkor formasiga qaytishni istaydi.
Ammo unga sog'lom raqobat muhiti kerak. Donni oxirigacha jang qilishga tayyor, lekin uning Sulsher bilan munosabatlari yaxshi emas. Avval ko'rsatgan salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun futbolchida hali vaqt ko'p. Van de Bek uchun qaysi murabbiy bilan ishlash qulay? Albatta u o'zini qadrlaydigan jamoada emin-erkin harakat qila oladi. Bir narsa aniqki, yangi klubida u «qizil iblislar» lagerida bo'lganidan ko'ra ko'proq gollar urishiga ishonmoqda.

Bosh sahifaga
515