Sobiq "Chelsi" futbolchisi Messi "Oltin to'p"ga loyiqmi degan savolga javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 157

Sobiq Frantsiya terma jamoasi a'zosi, Jahon va Evropa chempioni Frank Lebyof Messi haqida gapirdi. Uning fikricha, Leo bu yilgi "Oltin to'p"ni olishga loyiq emas. U bu haqda shunday deydi:
"Bilasizmi, 2000 va 2006 yillar Zidan "Oltin to'p"ga loyiq ko'rilmagan. Negaki, ana shu yillardagi mavsumda u qizil kartochkalar olgan edi. Mana shu sababligina Zidandan bu sovrinni tortib olishgan. Messi ham bu yili Ispaniya superkubogida raqibga qo'pollik qilgani uchun qizil olgandi. Biz qizil uchun Zidanga sovrin bermadikmi, demak, Messi ham buni olmasligi kerak".
Messi o'tgan mavsumda "Barsa" safida 38 ta gol urib, 14 ta uzatmaga mualliflik qilgandi.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
425