«Shaxtyor» murabbiyi: «Benzema «Oltin to'p»ga munosib»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 114

Donetskning «Shaxtyor» klubi murabbiyi Roberto de Dzerbi Chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-turidagi «Real»ga qarshi o'yin oldidan jurnalistlar bilan suhbatlashdi. Xususan, italiyalik mutaxassis frantsuz hujumchisi Karim Benzemani «qirollik klubi»dagi faoliiyati haqida gapirdi.
«Karim so'nggi bir necha yil davomida dunyoning eng yaxshi hujumchisi bo'ldi. Men unga bu yil «Oltin to'p»ni berardim. Benzema yoki Levandovski? Men uchun frantsuz polyakdan biroz yaxshiroq», - deya murabbiyning so'zlarini keltiradi Marca nashri.
Ispaniya La Ligasi joriy mavsumida Benzema sakkizta o'yin o'tkazdi, to'qqizta gol urdi va ettita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
235