«Napoli» etakchisi bilan shartnoma uzaytirish borasida muzokara boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119

«Napoli» rahbariyati jamoa hujumchisi Lorentso Insine bilan shartnomasini uzaytirish borasida muzokara olib bordi. Bu haqda neapolliklar jamoasining sport direktori lavozimini egallab turgan Krishtianu Giuntoli DAZN telekanaliga bergan intervyusida aytib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, hujumchining Italiya klubi bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozgacha tuzilgan. Avvalroq, Insinega Kataloniyaning «Barselona» va Londonning «Arsenal» klublari qiziqayotgani haqida xabar berilgandi.
Italiya chempionatining joriy mavsumida Lorentso sakkizta o'yin o'tkazib, ikkita gol va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
206