"MYu" ustozi mag'lubiyatda butun jamoa aybdorligini ta'kidladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 165

"MYu" murabbiyi Ole-Gunar Sulsher "Lester"ga qarshi mag'lubiyatda faqat Pogba va Matichning aybi borligini inkor qildi. U bu haqda shunday deydi:
"Biz oson o'yin o'tkazmadik. Men hammasini Pol va Nemanyaga tirkab qo'ya olmayman. Bu butun bir jamoa. Biz jamoa sifatida mustahkam, tirishqoq va agressiv bo'lishimiz kerak. Biz ortdagi hudud bilan yana ishlashimiz lozim. Bu kamchiligimizdan ular foydalana olishdi. Biz ikkinchi to'plarni olishda jonbozlik ko'rsatmadik. Ellikka ellik imkoniyatimizdan oxirgacha foydalanmadik. Bo'sh hududlar hosil qilmadik. Bu esa himoyamizni ham zaif qilib qo'ydi".
Eslatib o'tamiz, mankunyanliklar hafta o'rtasida EChL doirasida "Atalanta"ni qabul qiladi.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
183