«Arsenal»ning yangi nishoni ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 156

«Real» hujumchisi Garet Beyl APLga qaytishi mumkin. Bu haqda Defensa Central nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, 32 yoshli hujumchiga Londonning «Arsenal» klubi qiziqish bildirmoqda. Ingliz klubi futbolchiga qishki transfer oynasida taklif tayyorlamoqda.
Bu mavsumda Beyl «Real» safida uchta o'yin o'tkazdi va bitta gol urdi. Transfermarkt portali futbolchini 10 million evroga baholamoqda.
Beyl 2013 yilda 101 million evro evaziga «Tottenxem»dan «Real»ga o'tgan edi. 2020 yilda uelslik futbolchi ingliz klubiga ijara asosida qaytdi. O'tgan mavsumda forvard Angliya Premer-ligasida 20ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
170