«Napoli» o'z tarixidagi eng yaxshi startni takrorladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 123

«Napoli» Italiya chempionatining 8-tur uchrashuvida «Torino»ni mag'lub etdi (1:0).
Luchano Spalletti shogirdlari A seriyaning joriy mavsumidagi dastlabki 8ta bahsning barchasida g'alaba qozonishdi. Natijada jamoa 8 ochko bilan yaqqol peshqadam bo'lib turibdi.
"Napoli" o'z tarixida A seriya doirasidagi eng yaxshi startni takrorladi, deya xabar tarqatdi "Opta". Mavsum-2017/18da neapolliklar 8ta o'yindan keyin maksimal ochko jamg'arishgan edi. O'shanda klubni Mauritsio Sarri boshqargan edi.
Eslatib o'tamiz, "Napoli" Italiya chempionatining 9-turi doirasida "Roma" mehmoni bo'ladi. Uchrashuv 24 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
185