Boykot. Evropa klublari klublar jahon chempionatida ishtirok etmaydilar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2899

Evropaning etakchi klublari 2021 yildan boshlab yangi formatda o'tkaziladigan klublar o'rtasida jahon chempionatini boykot qilishga qaror qildilar, deya xabar qiladi Evropa klublari assotsiatsiyasi (ECA).
FIFA kengashi juma kuni Mayamida 2021 yildan boshlab klublar o'rtasida jahon chempionatini yangi formatda o'tkazishni tasdiqlagshan edi. Ishtirokchilar soni 6 tadan 24 taga etkaziladi, musobaqaning o'zi esa odatdagiday har yili dekabr oyida emas, to'rt yilda bir marta yozda o'tkaziladi.
"ECA klublari 2021 yilgi klublar jahon chempionatida qatnashmaydilar, keyinroq 2024 yildan boshlab bu musobaqada qatnashish ehtimoli ko'rib chiqiladi", - deyiladi yubayonotda.
Klublar JCh - olti konfederatsiyaning eng kuchli klublari o'rtasida musobaqadir. Musobaqa 2000 yilda tashkil topgan, 2005 yildan boshlab har yili o'tkazib kelinmoqda. Oxirgi marta BAA mamalakatidan bo'lib o'tgan va unda "Real" g'olib chiqqan.

Bosh sahifaga
224