Kunde agentidan «Manchester Yunayted» rahbariyati bilan gaplashishni so'radi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 157

O'tgan yozda «Chelsi» bilan himoyachi Jyul Kundening transferi borasida kelisha olmagani uchun, «Sevilya» rahbariyati futbolchini o'z xohishiga qarshi klubda qoldirdi. Natijada frantsuz qishki transfer oynasida istalgan tarzda Ispaniya jamoasini tark etmoqchi.
«Manchester Yunayted» tomonidan ham futbolchining xizmatiga qiziqish borligi haqida ma'lumot berildi. Britaniyaning The Sun nashri xabar berishicha, Kunde shaxsiy suhbatida o'z agentidan mankunianlar vakillari bilan muzokara o'tkazishni so'ragan.
Biroq, inglizlarni «Sevilya» xo'jayinlari bilan qiyin savdolashish kutmoqda - ispanlar Frantsiya terma jamoasining markaziy himoyachisi uchun kamida 50 million evro so'rashadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
215