«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi «Barselona»ga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 142

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Nemanya Matich yozda «Barselona»ga o'tishi mumkin, deb xabar beradi The Sun.
Manbaga ko'ra, Kataloniya klubi markaziy chiziqni kuchaytirishdan manfaatdor. «Barselona» 33 yoshli yarim himoyachini arzon narxda sotib olishga umid qilmoqda. Matichning maoshi ham kataloniyaliklar uchun maqbuldir.
Nemanya Matich «qizil iblislar» safida 2017 yilning yozidan buyon o'ynaydi, u Londonning «Chelsi» klubidan 44,7 million evro evaziga o'tgandi. Serbning klub bilan shartnomasi 2023 yil 30 iyungacha tuzilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
218