"MYu" futbolchici holati yuzasidan bayonot berildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 137

"MYu" bosh murabbiyi Ole Gunar Sulsher jamoa futbolchisi Entoni Martsial holati haqida gapirdi. U hujumchini jarohat olganini tasdiqladi:
"U Frantsiyadagi bahslardan jarohat bilan qaytib keldi. Shu sabab hafta davomida jamoa mashg'ulotlarida ishtirok eta olmadi. Umid qilamizki, u tez orada safga qaytadi".
25 yoshli frantsuz kecha "Lester"ga qarshi mag'lubiyatli o'yinda maydonga tushirilmagandi. Uni qishda "Nyukasl"ga sotib yuborilishi aytilmoqda.
Martsial hisobida bu mavsumda 1 ta gol mavjud. U ham "Everton"ga qarshi durang o'ynalgan kechada qo'lga kiritilgandi.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
152