Bundesliga. Levandovski hamda Gnabrining dubli «Bavariya»ga «Bayer» ustidan yirik g'alabani taqdim etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139

Germaniya chempionatining 8-tur uchrashuvida «Bavariya» safarda «Bayer»ni 5:1 hisobida mag'lub etdi.
Myunxenliklarga g'alabani Robert Levandovski va Serj Gnabrining dubli, shuningdek, Tomas Myullerning gollari olib keldi. Mezbonlar tarkibida esa Patrik Shik o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.
Ma'lumot uchun, «Bavariya» Bundesliga turnir jadvalida 19 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. «Bayer» esa 16 ochko bilan uchinchi o'rinda qoldi.
"Bayer" Leverkuzen – "Bavariya" Myunxen - 1:5 (0:5)
Gollar: Levandovski, 3 - 0:1, Levandovski, 30 - 0:2, Myuller, 34 - 0:3, Gnabri, 35 - 0:4, Gnabri, 37 - 0:5, Shik, 55 - 1:5
"Bayer": Gradetski, Frimpong (Belarabi, 64), Ta, Kossunu, Bakker, Demirbay, Amiri, Virtts (Retsos, 79), Shik (Alario, 79), Diabi (Adli, 64), Paulino (Tapsoba, 46).
"Bavariya": Noyer, Zyule (Richards, 72), Ernandes, Upamekano, Devis (Stanishich, 40), Gorettska (Zabittser, 46), Kimmix, Myuller (Koman, 64), Levandovski (Musiala, 64), Gnabri, Sane.

Bosh sahifaga
190