APL. «Everton» «Vest Xem»ga mag'lub bo'ldi hamda o'z seriyasini buzib qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117

Angliya chempionatining 8-tur uchrashuvi doirasida «Everton» o'z uyida Londonning «Vest Xem» jamoasiga 0:1 hisobida yutqazdi.
Uchrashuvning 74-daqiqasida yagona golni Anjelo Ogbonna kiritdi.
Shu bilan, «Vest Xem» 14 ochko to'plagan holda Angliya chempionatida oltinchi o'rinni egalladi. «Everton» esa 14 ochko bilan ettinchi o'ringa tushib ketdi.
Eslatib o'tamiz, «Everton» joriy mavsum shu paytgacha o'z maydonida mag'lubiyatga uchramay kelayotgan edi. Endi esa «bolg'achilar» bunga barham berdi.
"Everton" Liverpul – "Vest Xem" London - 0:1 (0:0)
Gol: Ogbonna, 74 - 0:1
"Everton": Pikford, Koulmen, Godfri, Kin, Din, Taunsend, Ivobi (Gordon, 79), Allan, Dukure, Grey, Rondon.
"Vest Xem": Fabianski, Djonson, Ogbonna, Zuma, Kressuell, Souchek (Douson, 79), Rays, Fornals, Antonio, Benraxma (Lansini, 87), Bouen (Yarmolenko, 90).

Bosh sahifaga
196