A Seriya. "Kalyari" "Sampdoriya" ustidan g'alabaga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 115

Italiya chempionatida 8-tur o'yinlari davom etmoqda.
Bu turdan o'rin olgan yana bir bahsda "Kalyari" o'z maydonida "Sampdoriya" jamoasini qabul qildi. Uchrashuv 3:1 hisobida maydon egalari foydasiga hal bo'ldi.
O'yin davomida "Kalyari" tarkibidagi Joau Pedro dubl qayd etgan bo'lsa, Martin Kaseres yana bir gol muallifi bo'ldi. "Sampdoriya"dan yagona javob to'pini Morten Torsbi kiritdi.
Italiya Chempionati
A Seriya
8-tur
«Kalyari» — «Sampdoriya» — 3:1 (1:0)
Gollar: Joau Pedro, 4 (1:0). Kaseres, 74 (2:0). Torsbi, 82 (2:1). Joau Pedro, 90+4 (3:1).
«Kalyari»: Krano, Godin (Cheppitelli, 58), Kaseres, Likoyannis, Dalbert (Deyola, 11), Karboni, Strotman, Nandes, Marin, Joau Pedro, Balde (Pavoletti, 87).
«Sampdoriya»: Audero, Bereshinski (Depaoli, 87), Yosida, Kolli, Audjello (Murru, 65), Adrien Silva, Kandreva, Torsbi, Askildsen (Verre, 64), Kvalyarella, Gabbyadini (Kaputo, 53).
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
218