Kumushxon Fayzullaeva - jahon chempionatining eng yaxshi atleti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1285

Las-Vegasda og'ir atletika bo'yicha o'smirlar o'rtasida jahon chempionati yakunlandi.
Tantanali yopilish marosimida musobaqaning eng yaxshi qiz va yigit ishtirokchilari taqdirlandi. Qizlar o'rtasida -64 kg vazn toifasida ikkita jahon rekordini o'rnatgan va uchta oltin medalni qo'lga kiritgan o'zbekistonlik Kumushxon Fayzullaeva turnirning eng yaxshi atleti deb topildi.
Hamyurtimizga maxsus sovrinni Xalqaro og'ir atletika federatsiyasi prezidenti Tamash Ayan topshirdi.
AQShdagi jahon chempionatida O'zbekistondan etti sportchi qatnashdi va ularning olti nafari shohsupaga ko'tarildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
234