Zidan «Oltin to'p»ga kim munosibligini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 342

Zinedin Zidan 2021 yilda «Oltin to'p» sovriniga kim munosibligi haqida gapirdi.
«Men «Oltin to'p»ni Karim Benzemaga berardim. U bu mukofotga loyiq. Benzema - ajoyib futbolchi va men unga murabbiylik qilish sharafiga muyassar bo'ldim. Karim maydonda hamma narsani qanday qilishni biladi. Hozir u juda yaxshi formada va umid qilamanki, u «Oltin to'p»ni oladi», - dedi Zidan Telefoot nashriga bergan intervyusida.
«Oltin to'p» 29 noyabr kuni Parijda bo'lib o'tadigan tantanali marosimda topshiriladi.
Eslatib o'tamiz, Zidanning oxirgi ish joyi Madridning «Real» klubi bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
181