«Manchester Yunayted» futbolchisi «Barselona» qiziqishlari doirasiga tushgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 149

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Nemanya Matich Kataloniyaning «Barselona» klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi, deb xabar bermoqda The Sun nashri. Manbaning xabariga ko'ra, tajribali yarimhimoyachini «ko'k-anorranglilar» bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoaga taklif qilgan.
Mankunianliklar o'z futbolchisini kelasi yozda qo'yib yuborishga tayyor, ammo uning narxi 12 million evroni tashkil qiladi.
Matichning «qizil iblislar» bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt uni 8 million evroga baholamoqda.
8-turdan keyin «Manchester Yunayted» 14 ochkoga ega va jamoa Angliya Premer-ligasida beshinchi o'rinda bormoqda.
«Barselona» 7 turda 12 ochkoga ega va jamoa Ispaniya La Ligasi reytingida 9-o'rinda bormoqda.

Bosh sahifaga
180