«Nyukasl» ingliz futbolchisiga xaridor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 196
Dortmundning «Borussiya» klubi futbolchisi Jud Bellingem kelasi mavsum faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqda todofichajes.com nashri xabar bermoqda. Manbada aytilishicha, ingliz futbolchisi yaqinda Saudiya Arabistoni investorlari qo'liga o'tgan «Nyukasl»ga o'tishi mumkin.
Avvaliga Judga «Manchester Yunayted» klubi qiziqish bildirgandi, ammo «qarg'alar»ning moliyaviy holati yaxshilanishi ushbu transferga ta'sir qilishi mumkin.
Ta'kidlanishicha, «Nyukasl» futbolchi uchun 100 million evro to'lashga rozi va bitimni kelasi yozda amalga oshirmoqchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
339