Salohga e'tirof davom etadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 162

«Liverpul»ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager Premer-liganing 8-turida «Uotford»ga (5:0) qarshi o'yindan so'ng hujumchi Muhammad Saloh haqida gapirdi.
Bu uchrashuvda misrlik futbolchi bitta gol urdi va bitta assist muallifiga aylandi.
«Saloh hozirda dunyoning eng yaxshi futbolchisi», - deb yozdi Karrager Tvitterdagi rasmiy sahifasida.
Ma'lumot uchun, joriy mavsum 29 yoshli Saloh «Liverpul» safida barcha musobaqalar doirasida 10 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
285