Mourino: "Bu men va Allegri o'rtasidagi jang emas, balki "Roma" va "Yuventus" o'rtasidagi jang"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 125

"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino yakshanba kuni "Yuventus"ga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
"Kim natija haqida ko'proq qayg'ursa, u g'alaba qozonadi. Kimdir faqat natija haqida o'ylash yomon deb o'ylaydi. Menimcha, bu noto'g'ri tushuncha.
Men yutdim, Allegri ham. Bizning muvaffaqiyatlarimizga salbiy emas, ijobiy nuqtai nazardan qarash kerak. Ammo ertaga men va Allegri o'rtasida emas, balki "Roma" va "Yuventus" o'rtasida jang bo'ladi.
Men Maksni hurmat qilaman, o'yindan oldin u bilan salomlashish yaxshi bo'ladi. Ko'p konferentsiyalarda bir-birimizni ko'rdik. Bizning oramizda katta do'stlik yo'q, lekin men Maksni shaxs sifatida yoqtiraman. U ishga qaytganidan xursandman. Bunday murabbiy uzoq vaqt ta'tilda bo'lolmaydi", - dedi Mourino matbuot anjumanida.

Bosh sahifaga
186