Rayola de Ligt uchun yangi klub qidira boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 178

"Yuventus" himoyachisi Matteys de Ligtning agenti Mino Rayola mijozining "keksa sinora" safidagi ayni paytdagi holatidan qoniqish hosil qilmayapti.
Calciomercato tarqatgan xabarga ko'ra, agent o'yinchi uchun yangi jamoa qidira boshladi. Boisi, niderlandiyalik futbolchi hozirda etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti. Rayola "Barselona", "Manchester Siti" va "Chelsi" bilan aloqaga chiqdi.
"Yuventus" esa De Ligt bilan xayrlashmoqchi emas. Shu bois, turinliklar faqatgina 150 million evro miqdorida badal pulini to'lagan jamoaga himoyachini sotishi mumkin.
Matteys de Ligt joriy mavsumda 8ta o'yinda ishtirok etib, bitta gol muallifiga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
337