Salohning agenti muzokaralarni boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 167

"Liverpul" hujumchisi Muhammad Salohning agenti Remi Abbos Issa klub bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni boshlash uchun Liverpul shahriga etib keldi, deya xabar bermoqda "Daily Star" nashri.
Manbaning xabariga ko'ra, Issa Premer-liganing 8-turidan o'rin olgan "Uotford"ga qarshi o'yinni (5:0) bevosita stadiondan kuzatgan. Agent yana bir necha kunni shu erda o'tkazmoqchi. U 29 yoshli misrlik futbolchi va klub o'rtasida yangi shartnoma borasida muzokara o'tkazishga hozirlik ko'rmoqda.
Eslatib o'tamiz, Saloh joriy mavsumda mersisaydliklar tarkibida barcha turnirlarda 10 o'yin o'tkazib, 10ta gol va 4 assistni amalga oshirdi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
333