Tuxel: «Nyukasl» — APL g'olibligi uchun asosiy da'vogar»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 127

«Chelsi» bosh murabbiyi Tomas Tuxel «Nyukasl» klubining yangi rahbariyat qo'liga o'tgani borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
"Bu borada insonlarda savol tug'ilishi normal holat. Biz Premer-ligaga ishonamiz, ular musobaqani boshqarishadi. Ular ushbu shartnomani amalga oshirishga va «Nyukasl»ning yangi xo'jayinlar qo'liga o'tishiga ruxsat berishdi.
Yangi xo'jayinlar — imkoniyati yuqori kishilar hisoblanadi. Nazarimda, chempionlik va jadvalning yuqori qismlariga yangi da'vogar paydo bo'ldi.
Biz jahondagi eng qiyin ligada o'ynayapmiz. U esa tobora qiyinlashib bormoqda", – dedi Tuxel.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
201