Bundesliga. Xolandning dubli "Borussiya"ga g'alaba keltirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 188

Germaniya Bundesligasida 8-tur o'yinlari bo'lib o'tmoqda.
Dortmundning "Borussiya" klubi ushbu turda o'z maydonida "Maynts"ni qabul qildi va 3:1 hisobida g'alaba qozondi.
Uchrashuv davomida norvegiyalik Erling Xoland dubl qayd etgan bo'lsa, Marko Roys jamoasining yana bir goli muallifi bo'ldi. Raqiblar safida yagona javob to'pi Burkardt tomonidan 87 daqiqada kiritilgan. Bu g'alabadan so'ng "Borussiya" jamoasi o'z hisobidagi ochkolarni 18taga etkazib oldi va turnir jadvalida 1-o'ringa ko'tarildi.
Germaniya chempionati
Bundesliga. 8-tur
«Borussiya D» — «Maynts» — 3:1 (1:0)
Gollar: Roys, 3 (1:0). Xoland, 54 — penaltidan (2:0). Burkardt, 87 (2:1). Xoland, 90+4 (3:1).
«Borussiya D»: Kobel, Xummels (Pongrachich, 67), Shults, Mene, Akandji, Roys (Vitsel, 85), Emre Jan (Reyner, 85), Brandt (Volf, 78), Bellingem, Xoland, Malen (Azar, 67).
«Maynts»: Tsentner, Bell (Xak, 69), Vidmer, Niakate, Lukoki (Martin, 46), Boetius, Barreyro (Li Dje Son, 69), Tauer, Shtax (Papela, 83), Onisivo, Ingvartsen (Burkardt, 69).
Ogohlantirishlar: Shults, 13. Akandji, 35. Bell, 50. Ingvartsen, 64. Tauer, 71. Niakate, 89.
Hakam: Shlager.
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
374