«Nyukasl» rahbariyati Zidan bilan aloqaga chiqqan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 142

Angliyaning «Nyukasl» klubi Saudiya Arabistoni investorlari qo'liga o'tgandan so'ng, ular bilan bog'liq mish-mishlar kundan-kunga ko'paymoqda. Ispaniya nashrlari ma'lum qilishicha, «qarg'alar» dastlab klub murabbiyi Stiv Bryusni ishdan bo'shatmoqchi. Todofichajes.com nashri xabariga ko'ra, klub «Real» sobiq ustozi Zinedin Zidanni jamoaga taklif qilmoqchi. Manbada aytilishicha, «Nyukasl» rahbariyati Zidan bilan bog'langan.
Qolaversa, ushbu lavozimga Brendan Rojers, Antonio Konte va Stiven Jerrard nomzodlari ham keltirilgan.
Eslatib o'tamiz, frantsuz mutaxassisi o'tgan mavsumda «Real» bosh murabbiyligi lavozimidan ketgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
194