«Barselona» Portugaliya terma jamoasi futbolchisini tarkibiga qo'shib olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 160

«Lill» futbolchisi Renato Sanches faoliyatini faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi todofichajes.com nashri. Manbada aytilishicha, futbolchiga Kataloniyaning «Barselona» klubi qiziqish bildirmoqda.
24 yoshli futbolchining frantsuz klubi bilan shartnomasi 2023 yilgacha tuzilgan, biroq «Lill» prezidenti Oliver Letan o'zining so'nggi bayonotlarida, agar yaxshi taklif tushsa, futbolchining sotilishiga qarshi emasligini ma'lum qilgan.
Ma'lum bo'lishicha, «Barsa» qishda Portugaliya terma jamoasi futbolchisini ijaraga olib, qishda 20 million evroga sotib olish taklifini bildirgan. Frantsiya klubi esa ushbu so'rovni ko'rib chiqishlarini bildirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
182