«Liverpul» «Real Madrid» yarimhimoyachisiga xaridor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 174

O'tgan yozda o'tkazilgan omadsiz transfer mavsumidan so'ng, «Liverpul» rahbariyati muxlislarni qishki xaridlar bilan xursand qilmoqchi. El Nacional xabariga ko'ra, «Real Madrid» yarimhimoyachisi Toni Kroos mersisaydliklar nishoniga aylangan.
Manbaga ko'ra, «qizillar» bosh murabbiyi Yurgen Klopp tajribali nemisga qiziqish bildirmoqda. «Liverpul» vakillari transfer variantlari bilan qiziqish uchun allaqachon Madridga yo'l olishgan.
«Qirollik klubi» Kroosni qo'yib yuborishga tayyor, ammo futbolchi uchun taxminan 25 million evro xohlamoqda. Eslatib o'tamiz, Toni 2014 yildan buyon «Real Madrid» sharafini himoya qilib keladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
194