«Liverpul» Italiya terma jamoasi etakchisiga xaridor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 152

Britaniya OAV «Liverpul» yaqin orada markaziy zonani mustahkamlash niyatida bir qancha transferlarni amalga oshirish niyatida. Oldinroq mersisaydliklarning «Real» etakchisi Toni Kroosga qiziqishi haqida xabar berilgandi.
Biroq, nemis futbolchisi klub ro'yxatiga kirgan yagona da'vogar emas. Italiyaning Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko'ra, «Liverpul» 24 yoshli yarimhimoyachi Nikolo Barellaning transferi borasida «Inter» bilan muzokara o'tkazishga harakat qilmoqda.
Italiya terma jamoasining etakchilaridan biri qishki transfer oynasida klub ro'yxatini o'zgartirishi mumkin va potentsial kelishuv summasi 70 million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
195