Kuman: "Laporta meni qo'llab-quvvatlaydi va himoya qiladi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 162

"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman istefoga chiqarilishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
"Men allaqachon odamlar kelajagimni muhokama qilishlariga o'rganib qolganman. Lekin aytishim mumkinki, klub prezidenti meni qo'llab-quvvatlaydi va himoya qiladi. Buning uchun men unga minnatdorlik bildiraman", - dedi Kuman "Marca" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Ronald Kuman 2020 yil avgustidan buyon "Barselona"ni boshqarib kelmoqda.
Hozirda, klub Chempionlar Ligasining ikki uchrashuvida ham mag'lubiyatga uchradi va o'z guruhida so'nggi o'rinda bormoqda.Shuningdek, Ispaniya chempionatida jamoa 7 uchrashuvda 12 ochko to'plab turnir jadvalida 9-o'rinni egallab turibdi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
331