Ronaldu Messini katta farq bilan ortda qoldirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 261
33
Ma'lum bo'lishicha, «Manchester Yunayted» Krishtianu Ronalduning transferi uchun sarflangan pullarni portugaliyalik debyutidan avvalroq qaytarib olgan. Xabar qilinishicha, hujumchining liboslarini sotish barcha rekordlarni yangilagan va Lionel Messining «PSJ»dagi ko'rsatkichidan oshib ketgan.
LoveTheSales jurnali o'tkazgan tadqiqot natijalariga ko'ra, mankunianlarning daromadi aniq summasi aniqlandi. Manbaga ko'ra, «Manchester Yunayted» 31 avgustdan 11 sentyabrgacha Ronalduning liboslaridan 17 million evro ishlab oldi. «Yuventus» futbolchining transferi uchun shuncha pul oldi.
Ammo «PSJ» 17 kun ichida Messining ko'ylaklaridan atigi 9 million evro ishlab topdi. Ma'lumot o'rnida, gap klublarning sof daromadi haqida ketmoqda, bunda texnik homiylar - Adidas va Nike olgan foizlar bundan mustasno.
Umuman, «Manchester Yunayted» 7 raqamli liboslarining nusxalarini 221 million evroga sotdi, «PSJ» esa Messining formasidan hozirgi kungacha 122 million foyda ko'rdi.

Bosh sahifaga
440