Misr matbuoti. «Real» «Liverpul»ga Azar va Saloh almashuvini taklif qildi. Shuningdek...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 149

Misr matbuoti Muhammad Salohning «Liverpul»dan ketishi haqida muhokama qila boshladi. Eslatib o'tamiz, futbolchi klubi bilan yangi shartnoma imzolagani yo'q, biroq, mersisaydliklar o'z etakchisi uchun yaxshilangan shartnoma tayyorlamoqda.
Misr jurnalistlari ma'lum qilishicha, «Real» vaziyatga aralashmoqchi. Manbaga ko'ra, «qaymoqranglilar» «Liverpul»ga vinger Eden Azarni almashtirishni, shuningdek, misrlik uchun qo'shimcha haq to'lashni taklif qiladi.
Yaqinda mersisaydliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp Salohni jamoa uchun almashtirib bo'lmaydigan futbolchi deb atadi va 29 yoshli futbolchining o'zi amaldagi shartnomani uzaytirish borasida rahbariyat bilan og'zaki kelishuvga erishganini ma'lum qilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
413