«Bavariya» futbolchisi mavsum oxirida jamoadan ketishga majbur
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 151

«Bavariya» yarimhimoyachisi Korentin Tolisso kelasi yozda klub bilan shartnomasini yakunlaydi. Frantsuz o'ziga yangi jamoa izlashga majbur bo'ladi.
Bu haqda Germaniyaning Sport Bild nashri xabar qilmoqda. Germaniyaning amaldagi chempioni rahbariyati futbolchiga yangi shartnoma taklif qilishni istamasligini e'lon qildi.
Avvalroq, Evropaning bir nechta klublari, jumladan «Inter», «Yuventus» va «Arsenal» Tolissoni erkin agent sifatida jamoaga taklif qilmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi. 27 yoshli yarimhimoyachi joriy mavsum «Bavariya»ning yangi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann qo'l ostida faqat uchta o'yinda maydonga tushdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
257