«Barselona» futbolchisi Shomurodov bilan jamoadosh bo'lishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 165

Sport.es nashri xabariga ko'ra, «Barselona» yarimhimoyachisi Riki Puch faoliyatini «Roma»da davom ettirishi mumkin. Manba bergan xabarga ko'ra, «bo'rilar» bosh murabbiyi Joze Mourino shaxsan iqtidorli futbolchini tarkibga qo'shib olmoqchiligini bildirgan.
Shuni hisobga olish kerakki, ilgari Riki Puch ijara bo'lsa ham, «ko'k-anorranglilar» lagerini tark etishdan qat'iy bosh tortgan. Biroq, 17 yoshli Gavi kelishi bilan Puchning maydonda harakat qilish daqiqalari kamayib ketdi va «Roma» bu imkoniyatdan foydalanmoqchi.
Joriy mavsum doirasida Riki 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, jami 72 daqiqa maydonda harakat qilgan.
Yarimhimoyachining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan va Puch 15 million evroga baholanmoqda.

Bosh sahifaga
265