Dembele va Robertoning «Barsa»dagi kelajagi qanday?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 126

«Barselona» vingeri Usmon Dembele va himoyachi Serxi Roberto klubda qolishni istaydi. Bu haqda jamoa sport direktori Mateu Alemani ma'lum qildi.
«Aytishim mumkinki, biz anchadan buyon ko'plab futbolchilar bilan aloqadamiz. Vaziyat oson emas. Muhimi, Dembele va Roberto «Barsa»da qolmoqchi.
«Barselona» maoshlar tizimini o'zgartirishi kerak. Bizning ayni dam qanday vaziyatda ekanligimiz ma'lum. Bu shuni anglatadiki, ba'zi hollarda muzokaralar ancha murakkab va uzoq davom etadi»,- deydi Alemani.
Ma'lumot uchun, Dembele va Robertoning klub bilan amaldagi shartnomalari joriy mavsum oxirida o'z yakuniga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
266