Fatiga APLdan 151 millionlik taklif kelib tushdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 150

Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumchi Ansu Fati transferi bo'yicha jiddiy taklifni qabul qilib oldi. Bu haqda «ko'k-anorranglilar» sobiq prezidenti Joan Laporta jurnalistlar bilan suhbat chog'ida aytib o'tdi.
Funktsionerning so'zlariga ko'ra, Angliya Premer-ligasining top klublaridan biri «Barselona» tarbiyalanuvchisi uchun 151 million evro taklif qilgan.
Ammo bu taklif kataloniyaliklar tomonidan rad etildi. Ehtimol, bu «Manchester Yunayted» haqida aytilgan xabarlardir. O'tgan yozda «qizil iblislar»ning Fatiga qiziqishi haqida turli mish-mishlar tarqalgan edi. Biroq bu aniq qaysi klub ekanini Laporta oshkor qilmadi.
18 yoshli futbolchi 2020 yil sentyabr oyidan buyon «Barselona»ning asosiy jamoasida o'ynamoqda. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2022 yil iyun oyining oxirigacha hisoblangan.

Bosh sahifaga
367