Yosh frantsuz iqtidori APL grandlari nazariga tushgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 121

«Monako» yarimhimoyachisi Aurelen Tchuameni faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi ESPN nashri. Manba bergan xabarga ko'ra, 21 yoshli frantsuz futbolchisiga «Manchester Yunayted», «Manchester Siti» va «Liverpul» qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsum doirasida futbolchi 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi. Yarimhimoyachi 35 million evroga baholanmoqda.
Qolaversa, «Real» Aurelenni Kazemiroga muqobil variant deb bilmoqda va futbolchi atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda.
«Monako» rahbariyati o'z futbolchisi grandlar e'tiboriga tushganini biladi, shu sabab yosh frantsuz uchun kamida 60 million evro ishlab olish haqida o'ylamoqda.
Eslatib o'tamiz, Aurelen Tchuamenining «qizil-oqlar» bilan shartnomasi 2024 yilning yozigacha mo'ljallangan.

Bosh sahifaga
279