Romanoli azaliy raqibi safiga borib qo'shilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 141

«Yuventus» «Milan» himoyachisi Alessio Romanolini o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda Italiya matbuoti xabar beradi. Futbolchi Turin klubi safiga tekinga borib qo'shilishi mumkin.
Romanolining «rossonerilar» bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyunida o'z nihoyasiga etadi va hozircha tomonlar shartnomani uzaytirish niyatida emaslar.
Joriy mavsum himoyachi oltita o'yinda maydonga tushib, hech qanday samarali harakatlarni qayd eta olmadi.
Avvalroq, Kataloniyaning «Barselona» klubi ham Romanoli xizmatlariga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
275