Pereyra uchun Braziliya klubi qancha to'lamoqchi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 126

«Flamengo» kelasi yili «Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Andreas Pereyrani sotib olishni reja qilgan.
Bu haqda Globo Esporte nashri xabar bermoqda. Ayni dam futbolchi Braziliya klubida ijara asosida o'ynab kelmoqda.
«Manchester Yunayted» futbolchini 20 million evroga sotishga tayyor. Biroq bu «Flamengo» uchun katta summa, klub narxni pasaytirishga harakat qilib ko'radi.
Joriy mavsumda Pereyra 11 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
314