Klopp: «Bu o'taketgan jinnilik»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 150

Nemis mutaxassisi Yurgen Klopp UEFA va FIFAni zich taqvim yuzasidan tanqid qilishda davom etmoqda.
Bu safar Millatlar Ligasi murabbiy tomonidan e'tirozlarga sabab bo'ldi. Klopp alohida e'tiborni uchinchi o'rin uchun o'yinga qaratdi.
«Yozda Millatlar Ligasida yana to'rtta o'yin bo'ladi. Bu o'taketgan jinnilik. Biz darhol Millatlar Ligasining ma'nosi yo'qligini aytgandik.
Juda g'alati o'rtoqlik uchrashuvlari. Ayni dam turnir mavjud va bundan bosh tortishning iloji yo'q.
Buning badalini futbolchilar to'laydi. Rahbarlarning ochko'zligi futbolchilarga zarar etkazmoqda.
Millatlar ligasida uchinchi o'rin uchun uchrashuv o'tkazilishini tasavvur qilish qiyin. Bu hech qanday ma'noga ega emas», deydi Klopp.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
303